02 / YO‘NALISHLAR

Bitta kutubxona. Yetti rivojlanish yo‘nalishi.

Alohida yetkazib berish yoki kompleks yangilanish: yechim tarkibini vazifangiz, mavjud tizimlaringiz va budjetingizga mos belgilaymiz.

Barcha yo‘nalishlar

01

Axborot resurslari va obuna

Bosma va elektron nashrlar, xorijiy ilmiy ma’lumotlar bazalari hamda jahon ta’lim resurslari — kutubxonangiz yo‘nalishiga mos.

Ta’lim va tadqiqot uchun zarur nashrlardan iborat fond hamda kelishilgan resurslardan foydalanish imkoniyati.

02

Avtomatlashtirish va kitobxon xizmatlari

Kutubxona tizimlari, RFID, yagona qidiruv va mobil xizmatlar — fond hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini bog‘lash uchun.

Hisob, qidiruv, berish va qaytarish jarayonlari xodimlar hamda kitobxonlarga tushunarli tartibda birlashadi.

03

Raqamlashtirish va raqamli kolleksiyalar

Professional skanerlash, raqamli kolleksiyalar va repozitoriylar — asl materialdan qidiruv va foydalanishgacha.

Kelishilgan sifat, tavsif, saqlash va foydalanish qoidalariga ega raqamli materiallar.

04

Kutubxona muhitlari

Arxitektura, dizayn, zonalashtirish, navigatsiya va jihozlash — fond, kitobxonlar hamda xodimlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda.

Fond joylashuvi, yo‘nalishlar va ish zonalari kutubxona vazifalariga mos tashkil etilgan muhit.

05

Sun’iy intellekt va interaktiv xizmatlar

Tavsiyalar, virtual va robot-maslahatchilar, interaktiv kontent — aniq foydalanish vazifasi uchun.

Kelishilgan vazifalarda tekshirilgan, manbalari, cheklovlari va yangilash tartibi belgilangan xizmat.

06

Ma’lumotlar va raqamli infratuzilma

Bulutli xizmatlar, ma’lumotlar migratsiyasi, litsenziyali dasturlar, saqlash va kirish — xizmatlar ishlashining asosi.

Kirish, zaxira nusxalash va qo‘llab-quvvatlash qoidalari belgilangan tizimlar hamda ma’lumotlar arxitekturasi.

07

Konsalting, o‘qitish va texnik yordam

O‘rganish va rivojlanish rejasidan treninglar, seminarlar hamda texnik qo‘llab-quvvatlashgacha.

Aniq rivojlanish bosqichlari, tayyorlangan xodimlar va kelishilgan texnik yordam tartibi.

Keyingi qadam

Texnik topshiriqsiz ham boshlash mumkin.

Nimani o‘zgartirish kerakligini yozing: resurslar, jarayonlar, xizmatlar yoki muhit. Boshlang‘ich holat, yechimga yondashuv va keyingi qadamni muhokama qilamiz.

Konsultatsiya olish